RADIOLOGIYA

RADIOLOGIYA (radio… va…logiya) — kasalliklarni aniqlash va davolash uchun ionlovchi nurlar qoʻllanadigan soha, tibbiy fan. Nurlarning organizmga taʼsiri, organizmni nurlanishdan himoya qilish masalalarini oʻrganadi. Rentgen nurlari kashf etilishi (1895) munosabati bilan Radiologiya yuzaga keldi. Radiologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishida fizika, kimyo, texnika va biol. fanlari yutuqlarining roli katta boʻldi. Tibbiy Radiologiya nur bilan davolash, rentgenodiagnostika, radioizotop diagnostika va b. dan tarkib topgan. Davolash va diagnostika vaqtida uchraydigan nurlanish asoratlarini aniqlash va ularni yoʻqotish masalalari bilan xam shugʻullanadi. Tibbiy Radiologiyaning nazariy asosi radiobiologiyadchr. Oʻzbekistonda Onkologiya Rentgenologiya va radiologiya markazlari, 1 va 2 ToshTI, shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti va b. tibbiyot intlaridagi Radiologiya kafedralarida Radiologiyaning eng dolzarb muammolari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.