RADIOGALAKTIKA

RADIOGALAKTIKA (radio… va Galaktika) — oʻzidan elektromagnit nurlanish spektrining radio toʻlqinlar sohasida nisbatan koʻp energiya tarqatuvchi galaktikalar. Aslida barcha galaktikalar radio toʻlqinlar sohasida nurlanishga ega, lekin bunda Radiogalaktikaning nurlanishi 1042 erg/sek dan kam emas. Eng kuchli radionurlanishga ega boʻlgan Radiogalaktika sinfini D — galaktikalar tashkil etib, ular fazoviy keng va optik nurlarda koʻrinuvchi toji boʻlgan elliptik galaktikalar hisoblanadi. Galaktika toʻdalarida esa eng kuchli Radiogalaktika ularning aynan markazida kuzatilib, juda massiv boʻlgan cD — galaktikalar bilan ustma-ust tushadi. Radiogalaktikaning radionurlanishi sinxrotron mexanizm orqali tushuntiriladi va ulardagi relyativistik zarralar bulutining magnit maydonda harakati tufayli sodir boʻladi.