RADIOALOQA

RADIOALOQA — ikki yoki bir necha punktlar yoki harakatlanayotgan obyektlar (kosmik kema, samolyot, kema va b.) orasida radioshulщinlar vositasida amalga oshiriladigan aloqa. R. uchun barcha diapazondagi radiotoʻlqinlar qoʻllaniladi. Radiochastotalardan foydalanish va Radioaloqa qoidalari xalqaro konvensiya (1908-y. 1-iyulda kuchga kirgan) bilan belgilangan.

Vazifasi va taʼsir chegarasiga qarab, Radioaloqa xalqaro hamda ichki Radioaloqa liniyasiga boʻlynadi. Ichki Radioaloqa liniyasi magistral (respublika markazi bilan viloyatlar markazlari orasida va b.) va zonali (viloyat va tumanlar ichidagi) aloqa xillariga boʻlinadi. Radioaloqa liniyalari mamlakatning Yagona avtomatlashtirilgan aloqa tizimiga kiritiladi. Radioaloqa xizmati vazifasi, taʼsir uzoqligi, strukturasi va b. bilan farq qiladi. Xususan, yerda oʻrnatiladigan va kosmik Radioaloqa (kosmik Radioaloqaga bir yoki bir necha sunʼiy yoʻldoshlar yoxud boshka kosmik obyektlardan foydalaniladigan Radioaloqalar kiradi), belgilangan (maʼlum punktlar orasida) va harakatdagi (harakatdagi va statsionar radiostansiyalar yoki harakatdagi radiostyalar orasida); radioeshittirish va televideniyega boʻlinadi.

I. ch. va maxsus xizmatlar uchun baʼzi vazirlik va tashkilotlar (Mas, fuqaro aviatsiyasi, t. y., dengiz va daryo transporti, oʻt oʻchirish, militsiya, tib. xizmat), shuningdek, sanoat, q. x. korxonalari va b. da ichki Radioaloqa xizmatidan foydalaniladi.