RADIOAKTIV CHIKINDILAR

RADIOAKTIV CHIKINDILAR — tarkibida davlat miqyosida tasdiqlangan normadan ortiq miqdorda radioaktiv izotoplar (RI) boʻlgan suyuq, qattiq va gazeimon chiqindilar.

Suyuq. Radioaktiv chikindilar atom elektr stansiyalari (AES) ishlaganida, ishlatilgan issiqlik ajratuvchi elementlardan yadro yoqilgʻisi olishda, fan, texnika va tibbiyotda turli xil radioaktiv nurlar manbalaridan foydalanishda hosil boʻladi. Oʻzbekistonda har qanday hollarda ham boʻlgan Radioaktiv chikindilarni ochiq suv tarmoqlariga tashlash qonun bilan taqiqlangan. Suyuk, Radioaktiv chikindilar faolligiga koʻra, 3 kategoriyaga: faollik konsentratsiyasi 10~5kyuri/l dan yuqori boʻlmagan quyi darajali; faollik konsentratsiyasi 10»5dan 1 kyuri/l gacha boʻlgan oʻrtacha darajali va faollik konsentratsiyasi 1 kyuri/l dan katta boʻlgan yuqori darajali chiqindilarga boʻlinadi. Yuqori darajali faol suyuq Radioaktiv chikindilar, odatda, kichik hajmga qadar konsentrlanib, yer ostiga germetik idishlarda koʻmiladi. Xonalarni va korjomalarni yuvganda hosil boʻladigan quyi darajali faol suyuq Radioaktiv chikindilar radioaktiv izotoplardan maxsus usullar yordamida tozalangach, qayta ishlatish uchun i. ch. sistemasiga qaytariladi yoki kanalizatsiyaga tashlanadi. Bu chiqindilardan ajratib olingan hisoblanadi.

Qattiq Radioaktiv chikindilarga yuvib ketkazib boʻlmaydigan ifloslangan materiallar, ishlatilgan korjomalar va b. kiradi. Bu narsalarning hammasi beton zovurlarga tashlab ustidan sement quyib, butunlay koʻmib yuboriladi.

Atom sanoati obyektlarida va AESda suyuq va qattiq Radioaktiv chikindilardan tashqari, tarkibida RI uchuvchan birikmalar yoki |3Ch, |291, 85Kg, kabi RI bor tashlandilar, shuningdek, radioaktiv aerozollar hosil boʻlishi mumkin. Bunday chiqindilarning bari maxsus tozalash sistemasidan oʻtkazilib ventilyatsiya moʻrkoni orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Tozalash sistemasidan chiqayotgan RIning umumiy miqdori shamol, relyef va oʻsimliklarning tabiati nazarga olingani holda ushbu obyektlar uchun belgilangan RI miqdoridan yuqori boʻlmasligi lozim. Ventilyatsiya murkonlarining bal. 100—150 m dan kam boʻlmasligi shart.

Ad:. Radiatsionnaya bezopasnost. Velichinы, yedinisы, metodы i priborы. Sb. st. M., 1974; Sanitarnыye pravila i normы SanPn №002994, T., 1994.