RAVONDIY

RAVONDIY, Abu Bakr Najmiddin Muhammad (?, Isfahon — 1206-y. dan sung vafot etgan) — fors tarixchisi. 1174—84 y. larda Hamadonda fiqh va xattotlikdan taʼlim olgan. 1181—89y. larda saljuqiylar sultoni Toʻgʻrul II (1175—94) saroyida xattot, 1190-y. dan Hamadon amiri Faxriddin Alaviy ugʻillarining tarbiyachisi. 1206-y. Koʻnya sh. ga koʻchib oʻtgan va kup utmay vafot etgan. R. Koʻnya sultoni Gʻiyosiddin Kayxusravga bagʻishlab «Rohat ussudur va oyat ussurur» («Koʻngillar rohati va sevinch alomati») asarida, asosan, Saljuqiylar davlatining 11-a. boshidan 1199-y. gacha bulgan tarixi bayon qilingan. Asar oxiriga esa xattotlikka oid qoʻllanma, ov va shaxmat uyiniga doir boblar ham kiritilgan. Ravondiyning bu asari — Saljukiylar davlatining 1160—99 y. lardagi tarixi buyicha asosiy manbadir. 15-a. da asar turk tiliga tarjima kilingan. 1921-y. Londonda nashr qilingan.