RAVON

RAVON — ilk oʻrta asrlardagi Toxariston shaharlaridan biri. Qunduz sh. dan shim. sharqda, Hazrati Imom sh. va Toliqon qishlogʻi oraligʻida joylashgan. 9-a. da Ravon jome masjidi bor kichik shahar boʻlgan. Ravon atrofi obod, ov qilish uchun qulay joy sanalgan. Ravon aholisi eski dinlarini 10-a. gacha saqlab kelganlar. Ibn al-Faqihning yozishicha, arablar kelgunicha Navbahor ibodatxonasining bosh kohini Barmak Ravon rustoqiga egalik qilgan va Ravon aholisi uning qullari hisoblangan. Ravon rustoqining mayd. 8×4 farsaxni tashkil etgan. 18-a. da Toxariston rustoklari orasida Shahri Ravon nomi qayd etib oʻtilgan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX— nachala XIII vv., T., 1996.