RAVISH

RAVISH — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravish larning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) R. lari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravishlari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravishlari (ancha, sal, kam kabi); maqsad R. lari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab Ravishlari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad Ravish laridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin.

Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar b-n ajralib turadi:

1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi;

3) Ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatxrlatning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi;

4) Ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va b. ;

5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).

Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravish larning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.

Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari b-n sifatlarga uxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular oʻzaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, Ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham oʻzgachadir.

Ad.: Oʻzbek tili grammatikasi [Morfologiya, 1-j. ], T., 1975.

Ilhomjon Madrahimov.