QOʻSHTOR NEFT-KONDENSAT KONI

QOʻSHTOR NEFT-KONDENSAT KONI — Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi kon. Jarqoʻrgʻon sh. dan 100 km sharqda. 1966-y. ochilgan. 1967-y. da foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi bir-biriga ulanib ketgan tepaliklar tizimi va jarliklardan iborat. Qn.-k. k. shim.-sharqiy yoʻnalishda choʻzilgan tor antiklinal strukturada joylashgan. Jami 27 ta quduq qazilgan, boʻr, paleogen va neo-gen davrlari jinslari ochilgan. sanoat miqyosidagi neft 2-, 3-, 4-gorizontlarda mujassamlashgan. 2gorizont paleogen davri buxoro qatlarining yuqori qismidagi darzli ohaktoshlardan (1272—1258 m), 3-, 4gorizontlar oʻrta qismidagi ohaktoshlardan tarkib topgan. 2gorizontdagi neft uyumining oʻlchami 6,2×0,5 km, neftlilik maydoni 290 ga. Neft tarkibida oltin-gugurt — 5,58%, asfaltin — 0,97%, aksiz smolasi — 80%, parafin — 5,95%. Qn.-k. k. zaxirasiga koʻra kichik konlar toifasiga kiradi. Kondan hoz. kunda foydalanilmoqda.