QOBULOV Jabbor Tillayevich

QOBULOV Jabbor Tillayevich (1911-Samarqand — 1995) — botanik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), biol. fanlari d-ri (1971), prof. (1972). OʻzDUni tugatgach (1937), Buxoro pedagogika in-tida oʻqituvchi (1937—40), OʻzDU aspiranti (1940-41, 1945-48), urush yillarida oʻrta maktab direktori (1941 — 44), un-t botanika kafedrasida katta oʻqituvchi (1948—53), dotsent (1953 — 60), 1960-y. dan yuksak oʻsimliklar kafedrasi, 1986-y. dan oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari shumgʻiyadoshlar biologiyasini oʻrganishga oid.

As: Begona oʻtlar va ularga qarshi kurash choralari, T., 1976; Oʻrta Osiyo shumgʻiyadrshlari, T., 1978; Shumgiya va hrsi.1, T, 1981.