QOVOQ

QOVOQ — qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, poliz eki-ni. 13 turi maʼlum. Vatani — Shim. va Jan. Amerika. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda qadimdan ekib kelingan. Tuproqqalʼa arxeologik qazilmalarida topilgan qovoq qoldiqlari (mil. av. 7—8-a. lar) buni tasdiqlaydi. Qningyirik mevali Qovoq, muskatsimon q. va qattiq poʻstli q. kabi 3 turi koʻp tarqalgan. Ildizi oʻqildiz, uz. 2 m ga boradi. Poyasi yotib, chirmashib oʻsadi. Barglari (turiga qarab) yirik, tukli, barg qoʻltigʻida jingalaklari bor. Guli ikki jinsli, yirik (mayda), sariq, chetdan changlanadi. Mevasi turli shakl va rangda, eti och sariqdan toʻq sariqqacha. Mevasi tarkibida 15—18% quruq modda, 4—11% qand, askorbin kislota, karotin, tiamin, riboflavin, azotli birikmalar, 0,7% biriktiruvchi toʻqima, 0,5% oqsil, 0,2% yogʻ, 0,6% kul moddasi, urugʻida 20—40% yogʻ bor. Qovoq qaynatib, dimlab, qovurib isteʼmol qilinadi, turli pishiriqlar, somsalar, nonlar, murabbo va sharbat tayyorlanadi. Xashaki Qovoq mollarga dagʻal ozuqa bilan birga beriladi. 100 kg mevasida 12 ozuqa birligi va 1 kg hazm boʻladigan protein bor. Yuqori haroratga va qurgʻoqchilikka chidami past. Mevasi va urugʻi ateroskleroz, oshqozon-ichak, buyrak, podafa kasalliklarini davolashda, gijjalarni tushiruvchi (urugʻi) vosita sifatida ishlatiladi. Urugʻi apr. oxiri — may boshlarida gektariga 4—6 kg miqdorida ekiladi. 10—15° da unib chiqadi, 20—30° da normal rivojlanadi. Ekish sxemasi 2—2,5* I m. Oʻsuvdavrida palak uchlari chilpiladi, qator oralariga ishlov beriladi, sugʻoriladi. Navlariga qarab 110—140 kunda pishadi. Hosildorligi 200—450 s/ga. Saqlashga va tashishga chidamliligi har xil. 1 t mevasidan 0,8— 12 s urugʻ olinadi. Oʻzbekistonda yirik mevali Qovoq turining Ispan 73 (kartoshka Q), muskatsimon Qovoq turining Palov kadu 265, Qashqar 1644 (oyim Q), Non kadu navlari koʻp ekiladi va barcha viloyatlarda ekish uchun (Nonkadu faqat Samarqand viloyatida) r-nlashtirilgan. Shuningdek, xonadon xoʻjaliklarida suvqovoq, nosqovoq, tomoshaqovoq kabi turlari ham yetishtiriladi.

Kasalliklari: soʻlish, oq palak va b.

Zararkunandalari: poliz shirasi, poliz qoʻngʻizi, tunlamlar.

Ad.: Ashirov I. M., Tыkvы Uzbekistana, T., 1979.

Abdulaziz Abbosov.