QOBULOV Vosil Qobulovich

QOBULOV Vosil Qobulovich (1921.5.9, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1966), fizikamat. fanlari d-ri (1961), prof. (1964). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1977). Toshkent temir yoʻl muhandislari in-tini tugatgan (1949). Chorjoʻy — Qoʻngʻirot t. y. qurilishida ishlagan (1949-50). Oʻzbekiston FA Inshootlar in-tida aspirant, ilmiy xodim (1950-57). Oʻzbekiston FA Matematika in-tining hisoblash texnikasi boʻlimi mudiri (1957—63). Oʻzbekiston FA Mexanika in-ti va hisoblash markazi direktori (1963—66). Oʻzbekiston FA Kibernetika in-ti direktori (1966—77), in-t Oʻzbekiston FA ning «Kibernetika» ilmiy i. ch. birlashmasiga aylantirilgach, uning bosh direktori (1978—92).

Ilmiy ishlari hisoblash texnikasini fan, texnika va xalq xoʻjali-gining turli sohalariga joriy etish bilan bogʻliq.

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1971). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

As: Algoritmizatsiya v tsorii uprugosti i deformatsionnoy teorii ilastichnosti, T.. 1966; Aql moʻjizasi. T,, 1974; Funksioial analiz va hisoblash matematikasi, T., 1976; Algoritmizatsiya v mexanike sploshnnx sred. T, 1978.

Ad.: Oʻzbekiston kibernetiklari, T.. 1996.