QOʻSHRABOT BUYURTMA QOʻRIQXONASI

QOʻSHRABOT BUYURTMA QOʻRIQXONASI — Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida joylashgan. 1991-y. 8-iyulda tashkil etilgan. Mayd. 16300 ga. Mavjud oʻsimliklar, hayvonot dunyosi va b. qoʻriqlanadi, nodir oʻsimliklar, hayvonlar koʻpay-tiriladi. Buyurtmaxonada ov qilish, daraxt va butalarni kesish, dorivor oʻsimliklarni terish taqiqlangan.