QOʻSHIQ

QOʻSHIQ — keng maʼnoda sheʼriymusiqiy janr; vokal musiqannnt eng ommalashgan, koʻproq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga moʻljallab toʻqilgan sheʼriy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompo-zitorlar yaratgan, ommabop musiqa yoʻnalishidagi Qoʻshiqlar farqlanadi. kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qoʻshiqlari, ommaviy qoʻshiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa Qoʻshiqlar ajratiladi. Qoʻshiq kuyi dia-pazoni ixchamligi, musiqa rivoji band (yoki band-naqarot) shakliga asoslanganligi, ohanglar tizimida soʻz va kuy intonatsiyalari mushtarakli-gi, sheʼriy matndagi gʻoyaviy-emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda (badiiy yakuni sifatida) ifo-dalanishi bilan ajralib turadi. Qoʻshiqning yana oʻziga xos tomoni — sheʼriy matn va kuy shakllarining oʻzaro mutanosibligi, bir xil hajmdagi tuzil-malar (sheʼrda — band, kuyda — davr)ga asoslanganligidan iborat. Qoʻshiqning sheʼriy matnlari aniq kompozitsiyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Sharqda xalq Qoʻshiq lari oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlib, Oʻrta Osiyoda ir (jir), terma, oʻlan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, 20-a. da zamonaviy Qoʻshiq shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa sanʼatida Oʻrta asrdagi shoirxonan-dalar (Fransiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlar va b.)ning asarlari. meysterzingerlar sanʼati namunalari, Uygʻonish davrish yaratilgan koʻp ovozli italyan sapgopePa, nemischa 1es1, fransuzcha spapzop, 17—18-a. lardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi Qoʻshiqlar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi Qoʻshiq, 20-a. da keng rivoj topgan ommaviy qoʻshiq, estrada Q. lari va b. professional Qoʻshiqning rivojlanish bosqichlaridir. Shoirlardan P. Beranje, R. Byorns, R. Hamzatov, V. Visoskiy va b., Oʻzbekistonda — Hamza, Habibiy, Sobir Ab-dulla, Mirtemir, Chustiy, T. Toʻla, P. Moʻmin, N. Narzullayev, Muham-mad Yusuf, E. Vohidov, J. Jabborov va b. ning Qoʻshiq sheʼriyati rivojidagi xizmatlari katta.

Tor maʼnoda Qoʻshiq — oʻzbek xalq ijodidagi janr; qoʻsh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7—8 hijoli barmoq vaznidagi toʻrtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. birinchi sheʼr toʻrtligi qofiyalari aaaa, aava, aavv yoki aavs nis-batida boʻlishi mumkin. Oʻzbek Qoʻshiq larida birinchi bandi odatda 4 sheʼriy misra va ularni kuylashga asos boʻlgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uygʻunligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2—4 boʻlib, ularning oʻzaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, oʻzgartirish yoki maʼlum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. Oʻzbek Qlari, ashuladan farqli oʻlaroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta — seksta diapazoni-da) boʻlib, baʼzan doira joʻrligida ijro etiladi. Kuychan ohangli Qoʻshiqlar, asosan, lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa Qoʻshiq larda kuychanlik xususiyatiga ega choʻzimli ohanglar uchrasa-da, ular koʻproq Qoʻshiq ning* yakunlanishi arafasida namoyon boʻladi. Qoʻshiq larda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qoʻllanmasa-da, baʼzan kichik naqarot vazifasini kasb etuvchi takror soʻzlar kelishi, shuningdek, «jon», «yor», «dod-ey» kabi un-dov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi.

20-a. oʻzbek bastakorlari va, ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub Qoʻshiqlar janr nuqtayi nazaridan oʻzida boshqa janrlar (lapar, yalla, ashula, terma) xususiyatlarini mujassam qilib, maʼlum oʻzgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-naqarot tuzilmalari, joʻrnavoz cholgʻular, raqs unsurlarini ham koʻrish mumkin. Oʻzbek bastakorlaridan Yu. Rajabiy, K. Jabbo-rov, Fahriddin Sodiqov, T. Jali-lov, Gʻ. Toshmatov, N. Hasanov, M. Mir-zayev, BAliyev, R. Tursunov va b., kom-pozitorlardan T. Sodiqov, M. Burhonov, M. Leviyev, S. Yudakov, A. Otajonov, F . Nazarov, A. Nazarov, F. Alimov, Q. Komilov, bolalar uchun A. muhamedov, Ye. Shvars, Il. ^Akbarov, N. Norxoʻjayev, A. Ergashev, A. Mansurov, estrada yoʻnalishida Sh. Ramazonov, Ik. Akbarov, E. Solihov, D. Omonul-layeva, A. Rasulov va boshqalar Qoʻshiq jan-rida salmoqli ijod qilgan.

Ad.:Alaviya M., Oʻzbek xalqqoʻshiqpari, T., 1959; Karomatov F., Oʻzbek xalqi musiqa merosi, 1-kitob (qoʻshiq), T., 1978. Olim Bekov, Oqil Ibrohimov.