QOʻSHJONOV Matyoqub (1918.5.5, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston — 2005.16.8, Toshkent) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), filol. fanlari d-ri (1972). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—45). Toshhovuz shahridagi Oʻqituvchilar intini (1946), Oʻrta Osiyo un-tining filol. f-tini (1950) tugatgan. Oʻzbekiston KP MK da masʼul xodim (1950-53), Oʻrta Osiyo un-ti (ToshDU)da dotsent (1957— 60), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot intida katta ilmiy xodim (1960—75), direktor (1975-86), yetakchi ilmiy xodim, ilmiy maslahatchi (1986-y. dan).
Qoʻshjonovning asosiy ilmiy ishlari 20-a. oʻzbek adabiyotining rivojlanish tamoyillari, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik metodologiyasi muam-molari, adabiyot nazariyasi va yozuvchi mahorati masalalariga bagʻishlangan. Tadqiqotlarida Qodiriy, Qahhor, Oybek, P. Qodirov, O. Yoqubov, A. Oripov va b. yozuvchi, shoirlarning mahorati oʻrganilgan va badiiy asarning syujet, kompozitsiya, xarakter va konflikt masalalari tahlil qilingan. Qoʻshjonovning 90-y. larda yozgan «Oʻzbekning oʻzligi» (1994), «Abdulla Oripov» (hamkorlikda, 2000) va b. asarlarida mashhur yozuv-chilar haqida fikr yuritilgan. Olimning «Tepki bosildi» (1990), «Alam» (1996), «Dagish» (1999), «Armon» (2004) kabi badiiy-biografik asarlari ham bor. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). «El-yurt hurmati» (1999), «Buyuk xizmatlari uchun» (2003) ordenlari bilan taqdirlangan.
As. Hayot va mahorat, T., 1962; Oybek mahorati, T., 1965; Hayot va nafosat, T., 1970; Ijod saboqlari, T., 1973; Saylanma [1—2-j. ], T, 1982-83; Diydor, T, 2004.