QOʻTOS, xonaki qoʻtos — hoʻkizlar kenja oilasiga mansub kavsh qaytaruvchi hayvon. vatani — Tibet yassi togʻlari (yovvoyi holda faqat Tibetda saqlanib qolgan). Yovvoyi Qoʻtos larga qaraganda maydaroq (yovvoyi Qoʻtosning boʻyi 2 m gacha, ogʻirligi 1 t gacha). Qoramollardan farq qiladigan belgi-xususiyatlarga ega. Buqalari vazni 400—450 kg, sigirlari vazni 200—250 kg. Boshi ogʻir, peshonasi keng, oyoqlari baquvvat, dumi kalta. Shoxlari yaxshi rivojlangan. Koʻkragi, qorni va oyoqlari 20—30 sm ga yetadigan quyuq jun tolalari bilan qoplangan. Yoz fasliga yaqin 2—9 kt jun qirqib olinadi, uning 65—70% tivitdan iborat. Tusi qoʻngʻir, koʻk va qora-ola, oʻrkachsimon yagʻrini bal. 105—110 sm. 18—24 oyligida jinsiy yetiladi. Boʻgʻozlik davri 255—260 kun. Sigirlari yiliga bir marta bolalaydi. Yangi tugʻilgan buzoqlari vazni 21—23 kg, 15 oyligida 120—128 kg va 24 oyligida 134—139 kg. Sut mahsuldorligi yiliga oʻrtacha 300—350 kg, yogʻdorligi 6 — 9%, sogʻin davri 4—5 oy. Goʻsht mahsuldorligi past. 2 yoshli novvoslari 60—62 kg toza goʻsht beradi, soʻyim chiqimi 42—46%. Baland togʻ iqlimi sharoitiga moslashgan. Yil boʻyi ochiq yaylovda boqiladi.
Qoʻtoslar goʻshti, suti, juni va ish hayvoni sifatida boqiladi (sovuq iqlim va togʻ soʻqmoqlarida 140 kg gacha yuk bogʻlamlarini bemalol koʻtara oladi, RF (Oltoy), Xitoy, tibet, Mongoliya, Qirgʻiziston va tojikistonning qator xoʻjaliklarida urchitiladi. Mongoliyada 500 ming, Rossiyada 53 ming, Qirgʻizistonda 34 ming, Tojikistonda 14 ming bosh Q. boqiladi (2004). Ular Tibet va pomir hududlaridagi xoʻjaliklarda sof holda urchitib koʻpaytiriladi. Gereford, shortgorn, limuzin, shvis va b. zotli qoramollar bilan du-ragay mahsuldor avlodlar olingan. Qizil kitobga kiritilgan.
Ad.: Karakul ov A. B., Yakovodstvo pamira, Dushanbe, 1993.
Ubaydu. ia Nosirov.