QOʻRGʻOSHIN QOTISHMALARI

QOʻRGʻOSHIN QOTISHMALARI — qoʻrgʻoshin (R) asosidagi qotishmalar. Kam va koʻp legirlangan guruhlari bor. 1-guruhga korroziyaga chidamliligi va sirpanuvchanligini oshiradigan qoʻshilmalar (temir Gʻye, mis Si, surma S, qalay 8i, kadmiy Ss1 yoki kalsiy Sa) kam qoʻshilgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari kiradi; 2-guruhga qoʻrgʻoshinning mustahkamligi, qattiqligi va antifriksion xossalarini oshiradigan hamda uning erish trasini pasaytiradigan elementlar koʻp qoʻshilgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari kiradi. Koʻpgina Qoʻrgʻoshin qotishmalari (tarkibida litiy 1l, natriy N8, magniy M§, kaliy K yoki natriy № lar 0,1% dan ortiq boʻlgan Qoʻrgʻoshin qotishmalaridan tashqa-ri) qoʻrgʻoshin singari, atmosferada, suvda, baʼzi anorganik kislotalar eritmalarida korroziyaga chidamliligi yuqori. Kam legirlangan Qoʻrgʻoshin qotishmalari tarkibida kremniy (81) tuzlari, karbonat va sulfat kislotalari boʻlgan tuproq taʼsiriga juda turgʻun boʻladi.

Kalsiy (Sa) va tellur (Te) bilan legirlanganda qoʻrgʻoshin plastik deformatsiyaga chidamli boʻladi. Boshqa elementlar bilan legirlangan R rekristallanish trasinining pastligi tufayli xona trasida prokatlash, choʻzish, presslash va b. ishlov berish jarayonlarida chidamliligi kamayadi. Qoʻshilmalar Rning yoyiluvchanlik chegarasini, kislotaga chidamliligini birmuncha oshiradi.

Tellur (0,03-0,06%), mis (0,040,08%), surma (0,5—2,0%), qoʻshilgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari listlar, trubalar, yarimfabri-katlar, vannalarni pardozlash va b. uchun, kalsiy (0,03—0,07%), tellur (0,04-0,06%), surma (0,4-0,8%), qalay (1,0—2,0%) bilan legirlangan Qoʻrgʻoshin qotishmalari past voltli qobiqlar, kuch kabellari uchun; (0,5—1,%) rux (2p) yoki qalay (Zp) bilan legirlangan Qoʻrgʻoshin qotishmalari temir-uglerodli qotishmalarni korroziyadan saqlash va podshipnik vkladishlariga quyish uchugʻg ishlatiladi. Bulardan tashqari, Qoʻrgʻoshin qotishmalari kavsharlashda, poligrafiya sanoatida, pitra va oʻqlar tayyorlashda ishlatiladi.