QOʻNGʻIROT SODA ZAVODI — kimyo sanoatining yirik korxonasi. Qora-qalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot sh. yaqinida joylashgan.
«Oʻzkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Ustyurtdan qazib olinadigan xom ashyo konlari negizida natriy karbonat (Ma,SO.) – soda ishlab chiqaradi. Korxona qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-y. 2-martdagi qaroriga muvofiq boshlangan. 2001-y. dan «Oʻzkimyosanoat» kompaniyasinint shoʻba korxonasi. 3-dni loyihalash va texnologik qismining qurilishi boʻyicha asosiy sherik Xitoyning «S1T1S» kompaniyasi hisoblanadi. Loyiha boʻyicha yillik quvvati 100 ming tonna (yen-gil va ogʻir turlaridan 50%dan) soda ishlab chiqarishga moʻljallangan. Korxona 2005-y. ning noyabr oyida ishga tushirildi.