QOʻYXONA

QOʻYXONA — qoʻylar asraladigan va boqiladigan xona yoki bino. Umumiy va maxsus Qoʻyxonalar boʻladi. Umumiy Qoʻyxona turli jins va yoshdagi, maxsus Qoʻyxona esa bir jins va yoshdagi qoʻylarni boqish uchun moʻljallanadi. Umumiy Qoʻyxona 300 — 500 boshdan ortiq qoʻylarga moʻljal-lab quriladi va sovliqlar, qoʻzilar, qoʻchqorlar uchun alohida boʻlimlari boʻladi. Maxsus Qoʻyxona 800—1000 bosh yoki 1000—1200 bosh qoʻzi yoki axtaga moʻljallanadi. Qoʻyxona toʻgʻri burchakli, «G» va «P» shaklida quriladi. «P» shaklidagisi keng tarqalgan. Qoʻyxona bir necha boʻlimga boʻlinadi. Qoʻyxonaning qishki qoʻzilashga moʻljallangan, yangi tugʻilgan qoʻzilari bilan sovliqlarni boqishga ajratilgan boʻlimlari isitiladi (issiqxona) va bu issiqxonalarda nasldor qoʻylar uchun alohida qoʻzilatish boʻlimlari va profilaktoriylartashkil qilinadi. Katta Qoʻyxona larda ventilyatsiya qurilmasi oʻrnatiladi. Qoʻylarni sugʻorish, ozuqalarni tarqatish va goʻng yigʻishtirish mexani-zatsiyalashtiriladi. Baʼzi iqlimi yumshoqjan. mintaqalarda Q. larning 3 tomoni oʻraladi, tomi bostirma qilib yopiladi.