QUTLUGʻ TEMUR MINORASI

QUTLUGʻ TEMUR MINORASI — Koʻhna Urganchshtn meʼmoriy yodgorlik (1321—33); Sulton Takash maqbarasi yaqinida. Oʻrta Sharqdagi eng baland minoralardan (bal. 62 m). Pishiq gʻishtdan qurilgan minora yuqori tomon ingichkalashib boradi; minora mavj usulida terilgan gʻishtli belbogʻlar va kitobalar bilan bezatilgan. Quyi qismida Kutlugʻ Temur va Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonnnnt nomi kufiy yozuvida bitilgan. Jome masjid (saqlanmagan) tomi orqali eshikdan minoraga kirib, aylana zinapoya orqali yuqoriga chiqilgan. Quyi qismida muazzin uchun yogʻochdan ishlangan maxsus joy qoldiqlari saqlangan.