QUTAYBA ibn TUGʻSHODA (8-a., buxoro) — buxorxudot (738—753). Qutayba ibn tugʻshoda ibn T. ning otasi Tugʻshoda 32 y. Buxoroda buxorxudot lavozimida turgan. Tugʻshoda musulmon boʻlgandan soʻng tugʻilgan oʻgʻliga Qutayba ibn Muslim sharafiga Qutayba deb ism qoʻygan. Tu-shoda arablar tomonidan Samarqandda oʻldirilgach, Buxoro taxtiga uning oʻgʻli Qutayba ibn tugʻshoda ibn T. oʻtirgan (738). Narshaxiyning yozishicha, Qutayba ibn tugʻshoda ibn T. Sharik koʻzgʻolonini bostirishda arab lashkarboshisi Ziyod ibn Solihga yordam bergan. Biroq Qutayba ibn tugʻshoda ibn T. keyinchalik arablarga qarshi kurash eʼlon qilgach, Xuroson va Movarounnahr noibi Abu Muslim tomonidan oʻzi, birodari, oila aʼzolari va tarafdorlari bilan birgalikda oʻldirilgan (753).
Qutayba ibn tugʻshoda ibn T. ning oʻlimidan keyin uning boshqa birodarlari Sukon ibn Tugʻshoda va Bunyot ibn Tutshoda Buxoroga buxorxudot (podshoh) boʻlganlar.
Manba: Narshaxiy, Buxoro tarixi. T., 1966.