QURBONOV Anvar Sarmanovich

QURBONOV Anvar Sarmanovich (1948, hoz. Sirdaryo viloyati Guliston tumani) — quruvchi usta, Oʻzbekiston Qahramoni (1998). Mehnat faoliyatini 1969-y. dan Guliston tumanidagi 60-sonli qurilish tashkilotida gʻisht teruvchilikdan boshlagan, shu tumandagi 3-mexanizatsiyalashgan kolonnada qurilish brigadiri (1975-81), «Sir daryojamqurilish»ga qarashli 49-sonli mexanizatsiyalashgan kolonnaning brigada boshligʻi (1981— 98), Guliston tumanidagi 4-sonli qurilishmontaj boshqarmasida brigada boshligʻi (1998 — 2000), 2000-y. dan shu boshqarma kasaba qoʻmi-tasining raisi. Guliston sh. dagi 5-mavze, «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazi, suzish basseyni, Alpomish sport majmuasi, Boks saroyi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy ban-kining viloyat boʻlimi singari koʻplab yirik meʼmorlik inshootlari qurilishida faol qatnashib, yuqori mehnat koʻrsatkichlariga erishgan, koʻplab quruvchi shogirdlar yetishtirgan.