QURBONBOY

QURBONBOY Jirov Tojiboy oʻgʻli (1876 — Toʻrtkoʻl tumani Shoʻroxon qishlogʻi — 1958) — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq dostonchisi (1956). Jiyenmurod Jirovnij shogirdi. Yoshligidan xalq qoʻshiqlari va dostonlardan parchalarni yodlab yurgan. Dostonlarni oʻzbek va qoraqalpoq tillarida kuylagan. Repertuarida 20 dan ziyod doston bor; shundan 17 tasi yozib olingan («Alpomish», «Qirq qiz», «Shirin bilan Shakar» va b.). Ulardan baʼzilari Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-ti folklor boʻlimi arxivida saklanadi.

Ad.: Maqsetov Qurbonboy, Qoraqalpoqjirov, baxshilari, Nukus, 1983.