QULUNDA CHOʻLI

QULUNDA CHOʻLI, Qulunda tekisligi, Qulunda — Gʻarbiy Sibirning jan. dagi tekislik. RF Oltoy oʻlkasi va Qozogʻiston Respublikasining Pavlodar viloyatida, Ob va Irtish daryolari oraligʻida, Qulunda tektonik botigʻida joylashgan. botiqning yuzasi toʻrtlamchi davr flyu-vioglyatsial, koʻl va daryo yotqiziqlari bilan qoplangan. Mayd. 100 ming km2 ga yaqin. Balandligi markaziy qismida 100—120 m, jan. va sharqida 200 — 250 m. Relyefida uzun qirlar — mar-zalar (50—60 m) xos; ularni daryolar va achchiq-shoʻr koʻllar ajratib turadi. Koʻllarda soda, glauber va osh tuzi zaxiralari katta. Iqlimi kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 17°, —19°, iyulniki 19—22°. Yillik yogʻin 250—350 mm. Shim.-sharq-ida boshoqli dasht oʻsimliklari oʻsadi. Qulunda choʻli Gʻarbiy Sibirning muhim q. x. rayoni.