QUBBA — yarim shar shaklidagi ichi boʻsh qism:
1) meʼmorlikda tom turi (yana q. Gumbaz); gumbaz ustiga ishlangan gʻoʻlasimon bezak ham Qubba deb ataladi;
2) amaliy sanʼatda naqsh boʻlagi, bezak. Gilamchilik, kashtachilik, kandakorlik, zargarlik, zardoʻzlik va b. da keng tarqalgan. Mas, qumgʻon, oftoba kabi idishlarning qopqogʻi ichi boʻsh qilib qavartirib Qubba hosil qilib yasaladi; shuningdek, idishlar qorniga Qubba yopishtirib jo-zibador bezatiladi va h. k.