QRIM YARIM OROLI

QRIM YARIM OROLI — Ukraina jan. dagi yarim orol. Mayd. 27 ming km2. Gʻarb va jan. da Qora dengiz va sharqida Azov dengiziga tutash. Shim. da tor (8 km chamasida) Perekop boʻyni orqali Sharqiy Yevropa tekisligi bilan tutashgan. Qrim yarim orolining sharqida Qora dengiz va Azov dengizi oraligʻida Kerch ya. o. gʻarbida Qrim yarim orolining bir qismi — Tarxankut oroli joylashgan.

Qrim yarim orolining shim.-sharqiy sohili boʻylab Azov dengizining kichik qoʻltiqchalari (Sivash va b.) choʻzilgan. Shimoli (yarim orolning katta qis-mi) dashtli tekislik (Dashtli Qrim), janubi (maydoni jihatdan kichik) Qrim togʻlari bilan band. Eng baland joyi 1545 m (Roman-Kosh togʻi). Jan. da Qrimning jan. sohili boʻylab kam-bar tekislik choʻzilgan; sohilning u yer-bu yerida lakkolitga oʻxshash mag-matik jinslar (Ayudogʻ togʻi), qad. vul-kan massivlar (Qoradogʻ togʻi) uchraydi. Foydali qazilmalari: Kerch temir rudasi, koʻllarda tuz va shifobaxsh loylar, ohaktosh, gil, mergel. Q. ya. o. ning shimoliy qismining iqlimi moʻtadil quruq. Qishi iliq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi G, 2°); yozi issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 24°). Q. ya. o. ning jan. sohilida iqlim oʻrta dengiz iqlimi; yozi issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 24°) va qishi iliq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi 4°gacha). Yillik yogʻin gʻarbiy qismida 1000-1200 mm, sharqida 500-700 mm, shim. da 300—500 mm. Yarim orolning daryolari kamsuv; muhimlari — Chyornaya, Belbek, Kacha, Alma, Salgir. Shim. Qrim kanali, Salgir daryosida Simferopol suv ombori qurilgan. Bir necha yirik shoʻr koʻl bor. Shim. qismida kashtan, Sivash boʻylab kash-tan, shoʻrtob, shoʻrxok tuproqlar, markaziy qismida qoratuproq, togʻ oldi va togʻlarda ishqorsizlangan qoratuproq, qoʻngʻir togʻoʻrmon, yay-lovlarda qoratuproqsimon togʻ-oʻtloq tuproqlar tarqalgan. Shim. qismining yer yuzasi haydalib ekin ekiladi. Ozroq qismida dasht oʻsimliklari saqlanib qolgan. Togʻlarda (ayniqsa, shim. yon bagʻrida) dub, qoraqay-in-grab, qaragʻay oʻrmonzorlari bor. Qrimning jan. sohilida oʻrta dengiz atrofiga xos oʻsimliklar oʻsadi. Man-zarali daraxt va butalardan iborat parklar, bogʻlar, tokzorlar, tamaki plantatsiyalari koʻp. Qrim togʻlarining jan. etagidan sohil qismida dengiz boʻyi shahar-kurortlari joylashgan. Yarim orolda bir necha qoʻriqxona, Nikita botanika bogʻi bor.