QORAGʻOZ

QORAGʻOZ, oq peshona kichik gʻoz — gʻozsimonlar turkumi oʻrdaklar oilasiga mansub qush. Yevrosiyoning tundra mintaqasida tarqalgan. Bolqon ya. o., Zakavkazye, Yaponiya, Koreya ya. o. va Xitoyning jan.-sharqiy qirgʻoqlarida, baʼzan Gʻarbiy Yevropa, Kichik, Gʻarbiy Osiyo, Kaspiy dengizining jan.-sharqida qishlaydi. Oʻzbekistonda Amudaryo va Sirdaryo havzalari. Orolboʻ-yida uchib oʻtish va qishlash davrida uchraydi. Vazni 1,6—2,5 kg. Tumshugʻi asosining atrofi oq. Qovogʻining cheti bir oq. Tundradagi koʻl atrofidagi joylarda yashaydi. Butalar orasiga, suvga yaqin qoyalarga uya quradi; 4—8 ta tuxum qoʻyadi. Oʻtlar bilan oziqlanadi. Ovlash taqiqlangan. Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxatiga va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.