QORAQALPOGʻISTON YoSh TOMOSHABINLAR TEATRI

QORAQALPOGʻISTON YoSh TOMOSHABINLAR TEATRI, Sapar Xoʻjaniyozov nomidagi Qora-qalpogʻiston yosh tomoshabin-yaar teatri — yoshlar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan teatr. 1978-y. sent. da «Kechikkan bahor» (K. Rahmonov) spektakli bilan ochilgan. Teatrning ijodiy jamoasini, asosan, Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatib borgan yoshlar (J. Abillayev, J. Jumanov, A. Navroʻzova, D. Keunimjayev, N. Xoʻjamurodov va b.) va Berdaq nomidagi teatrdan oʻtgan S. Ollomurodova, X. Saparov, M. Matchonov, S. Oʻtepbergenov, G. Dushimov, B. Qaipovlar tashkil etdi. Teatr repertuarining shakllanishi, janr va mavzu nuqtayi nazaridan boy va xilma-xilligini taʼminlashda mahalliy dramaturglardan K. Rahmonov, S. Jumagulov, S. Xoʻjaniyozov, Q. Matmurodov va b. ning xizmatlari katta boʻldi. Chorak asr davomida teatr repertuari «Xeops piramidasi» (T. Qaipbergenov), «Mening doʻstlarim» (S. Xoʻjaniyozov), «Nukus afsonasi» (T. Seytjonov), «Toʻqqiz bemaza toʻngʻildoq va bir ud-daburon chinqildoq» (K. Rahmonov), «Suyunchi» (P. Aytmurodov), «Pitoniyga sayohat» (J. Xoʻjanov), «Odamlar nega ayniydi» (S. Jumagulov), «Dutorly soldat» (P. Tlegenov) kabi zamonaviy va afsonaviy, doston va xalq ertaklari asosida yaratilgan sermazmun, tomoshabop spektakllar bilan boyib bordi. Teatrga turli yillarda rahbarlik qilib kelgan N. Ansatboyev, R. Toʻraniyozov, teatr rassomlaridan B. Nurimbetov, L. Kazachok, N. Ashbekov va b. qoraqalpoq yoshlarini qardosh xalqlar va jahon dramaturgiyasining durdonalari bilan tanishtirib bordilar: «Kuzning birinchi kuni» (Oʻ. Umarbekov), «Ota taqdiri» (B. Ja-kiyev), «Bolaga ota kerak» (I. Lazutin), «Ikki boyga bir malay» (K. Goldo-ni), «Skapenning nayranglari» (J. Molyer), «Buratino» (A. Tolstoy), «Etikli mushuk» (Sh. Pyero) va b. A. Navroʻzova, I. Aybatov, Q. Kubesova, A. Xudoynazarov, A. Ansatboyev, D. Keunimjayev, J. Abdimov, L. Xoliqnazarova, K. Shomurodovalar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatr direktori — M. Eshjonov, bosh rej. i — R. Aytboyev.

Teshaboy Bayandiyev.