QORAQALPOGʻISTON

QORAQALPOGʻISTON — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tuma-nidagi shaharcha (1971-y. dan). Qoʻngʻirot — Beynov t. y. shoxobchasi qurilishi munosabati bilan 1971-y. bunyod etilgan. T. y. stansiyasi. Aholisi 3,8 ming kishi (2005). 2 umumiy taʼlim maktabi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, madaniyat uyi, kasalxona va poliklinika mavjud.