QORACHOY-BOLQOR TILI

QORACHOY-BOLQOR TILI — turkiy tillarning qipchoq guruxiga mansub til; asosan, RFning Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Turkiya, Suriya, AQSHda yashovchi qorachoylarning hamda RFning Kabarda-Balkariya Respublikasi va unga qoʻshni hududlarda yashovchi bolqorlarning tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 235 ming (qora-choylar 150 ming, bolqorlar 85 ming) kishidan ortiq (20-a. oxirlari).

Q.-b. t., asosan, fonetik, qisman leksik-morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 2 ta: «ch» lovchi – «j» lovchi (qorachoy) va «s» lovchi — «z» lovchi (bolqor yoki molqor) lahjalariga boʻlinadi. Mas, quchuk > kutsuk, bichaq > bitsaq (pichoq), juz > zuz (yuz), jil > zil (yil) va b. Q.-b. t. ning uziga xosligi sifatida yana baʼzan soʻz boshidagi «y» undoshining tushib qolishi (yaxshi > axshi, Yaxya — Axya), dona va tartib sonlar hosil qilishning alohida usuli (bir on — oʻn, eki on — yigirma yuch on — oʻttiz; bir jiyirma — yigirma, yeki jiyirma — qirq, yuch jiyirma — oltmish) kabilarni koʻrsa-tish mumkin. Leksikasida rus, osetin. adigey tillaridan oʻmashgan soʻzlar mavjud.

Oʻtgan asrning 20-y. larida «ch» lovchi lahja asosida adabiy Q.-b. t. shakllandi. Yozuvi 1924—26 y. larda arab grafikasi, 1926—37 y. larda lotin grafikasi, shundan keyin rus grafikasi asosida shakllantirilgan.

Ad.: Baskakov NA.. Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazыkov, 2-izd., M., 1969; Aliyev U. B., Sintaksis karachevo-balkarskoyu yazыka, M., 1973; Problemm semantiki i stilistiki karachevo-balkarskogo yazmka, Nalchik, 1987.