QORATOYEV Muhammadjon Qoʻjasboyevich (1910.22.12, Qiziloʻrda viloyati Telikoʻl ovuli — 1992, Olmaota) — qozoq adabiyotshunosi, yozuvchi va tarjimon. Qozogʻiston FA akad. (1975), Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). Filol. fanlari d-ri (1963), prof. (1965). Abay nomidagi Qozoq pedagogika in-tini tugatgan (1933). Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining masʼul kotibi (1936—37), raisi (1937— 38), Qozogʻiston pedagogika in-ti qozoq adabiyoti kafedrasining mudiri (1960). «Jazushi» nashriyotida katta muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari, direktor (1955—60), 1960-y. dan M. Avezov nomidagi Adabiyot va sanʼat in-tida boʻlim mudiri, 1968-y. dan Qozoq sovet ensiklopediyasi Bosh muharriri. Adabiy faoliyati 1933-y. dan boshlangan. «Jonajon adabiyot haqida oʻylar» (1958), «Saken Sayfullin» (1964), «Mahorat va dunyoqarash» (1965), «Mux-tor Avezov» (1967), «Doʻmbradan kitobga» (1969), «Adabiyot va estetika» (1970), «Istiqbol choʻqqilari» (1972), «Choʻqqilar oldinda» (1977) kabi adabiytanqidiy kitoblar muallifi. Qoratoyev, shuningdek, «Choʻldagi gudok» romani (1960, K. N. Altayskiy bilan hamkorlikda), «Jer-uyukka sayohat» qis-sasini yozgan. M. Gorkiyning «Mening dorilfununlarim» va M. Sho-loxovning «Tinch oqar Don» (3 kitob) asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan.