QORAKOʻL QOʻY ZOTI

QORAKOʻL QOʻY ZOTI — moʻynali terisi uchun boqiladigan dagʻal junli dumli qoʻy zoti. Bu zot bir necha yuz yillar oldin hoz. Oʻzbekiston (Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani) hududida jaydari qoʻylarni xalq seleksiyasi usulida uzoq vaqt tanlash va chatishtirish natijasida yaratilgan. Qorakoʻl qoʻy zoti dunyoning (Avstraliyadan boshqa) barcha qitʼalarida 50 dan ortiq mamlakatda urchitiladi (15 mln. bosh atrofida). Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Eron, Jan. Afrika Respublikasi eng koʻp Qorakoʻl qoʻy zoti boqiladigan davlatlar hisoblanadi.

Qorakoʻl qoʻy zoti dumli qoʻylar turiga mansub, dumining uch qismida zotga xos ilmoqnamo oʻsimta mavjud. Jun qoplami dagʻal jun turiga mansub. Koʻpchilik Qorakoʻl qoʻy zoti lari govkalla, tanasi baquv-vat, dumida koʻp yogʻ toʻplanadi. Qoʻzilari qora (80%), kulrang, jigarrang, sur va b. tusli. Bir yarim yoshdan keyin tumshugʻi, quloqlari va oyoqlaridan boshqa joyidagi qora junlar oqara boshlaydi. Katta yoshli ona qoʻylar shoxsiz, vazni 42—45, qoʻchqorlari yirik, burama shoxli, vazni 55—60 kg, yangi tugʻilgan qoʻzilarining oʻrtacha vazni 4—4,5 kg. Serpushtligi 90—95%. Zotni takomillashtirish borasida asosan qora, koʻk, sur, oq, zarmalla, kumushsimon, tillasimon, olmos, havorang, shamchiroq, poʻlati, platina, bron-za, qahrabo, antratsit (qora tovlanadigan), mustahkam (gʻoʻzamoy) konstitutsiyali, yarim doira qovurgʻasimon va yassigul tipli qoʻilar ustida seleksiyanaslchilik ishlari olib borilmoqda. Koʻp yillar davomida olimlar va amaliyotchilar hamkorligida olib borilgan seleksiya-naslchilik ishlari natijasida Oʻzbekistonda qorakoʻl qoʻylarining yuqori irsiy va mahsul-dorlik xususiyatlariga ega boʻlgan 27 z-d tipi yaratilgan. Ular Qorakoʻl qoʻy zotining qimmatli irsiy genofondi hisoblanadi. Qorakoʻl qoʻy zoti boshqa zotlarni yaxshilashda ham foydalaniladi. Ekstremal sharoitli, kam hosilli choʻl yaylovlarida urchitilishi hisobiga zotning koʻpgina biologik va mahsuldorlik xususiyati uzoq yillar davomida tabiiy ravishda muvozanatlashgan.