QORAKOʻL PLATOSI

QORAKOʻL PLATOSI — Zarafshon daryosining quyi oqimidagi (Buxoro viloyati) plato, Qorakoʻl sh. dan shimolda. Bu yerda Zarafshon daryosi platoni kesyb oʻtib, tor (kengligi 0,5—1,0 km, nisbiy bal. 20 m gacha) Qorakoʻl yoʻlagini hosil qiladi. Plato Buxoro va Qorakoʻl vohalari oraligʻida. Yer yuzasi bir oz toʻlqinsimon tekislik va shim.gʻarbga nishab. Bal. 200—226 m orasida. Qoraqumga bir oz pogʻona hosil qilib tushgan. Plato yuzasi chagʻir shagʻallar bilan qoplangan, shim.-gʻarbiy qismi qumli, ular baʼzi joylarda barxan tepalarini hosil qiladi. Chagʻir shagʻallar va qumlar ostida yuqori pliotsen va quyi toʻrtlamchi davr qumtoshlari joylashgan. Plato yuzasida kichik qator tepalar, qirlar uchraydi. Sur-qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Oʻsimligi choʻlga xos.