QORAKOʻL VOHASI

QORAKOʻL VOHASI — Zarafshon daryosining quyi oqimida (Buxoro viloyati) joylashgan voha. Shim. da Kemirakqum qumliklari, gʻarb va jan.-gʻarbda Sandiqli choʻli, jan. da Ishaqchi qumligi, sharqda Qarshi choʻli bilan chegaradosh. Shim.-sharqda Qorakoʻl vohasi Qorakoʻl platosiga tutash. Voha shim.-sharqsan jan.-gʻarbga 40—45 km ga choʻzilgan, eni 30 — 35 km. Yer yuzasi jan.-gʻarbga nishab. Oʻrtacha balandligi shim.-sharqiy qismida 205 m, jan. da 187 m, Asosan, zarafshon daryosining allyuvial-delta yotqiziqlaridan tashkil topgan. Shim,-gʻarbiy, gʻarbiy va jan. qismlarida allyuvial-koʻl yotqiziqlari ham uchraydi. Voha atrofida harakatdagi va oʻsimliklar bilan mustahkamlangan barxanlar, doʻng qumlar tarqalgan. Iqlimi keskin kontinental. Urtacha yillik t-ra 14°. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —0,2°, eng past t-ra —25°. Iyulda oʻrtacha t-ra 27,2°, eng yuqori t-ra 48°. Yillik yogʻin 120 mm, asosiy qismi sent. —mart oylarida yogʻadi. Qor qoplami juda yupqa (oʻrtacha 1 sm, baʼzi yillari 7 sm ga yetadi).

Zarafshon daryosi (Qorakoʻl platosida) tor yoʻlakdan chiqqandan soʻng bir qancha radial tarmoqlarga boʻlinib delta hosil qiladi. Uning yuzasi, asosan, ekinzorlar bilan band. Voha hududida shoʻr koʻl, shoʻrxoklar uchraydi. Qorakoʻl vohasida sur-qoʻngʻir, qumloq, taqir, shoʻrxok, utloq-taqir, sugʻoriladigan oʻtloq, sugʻorilmaydigan oʻtloq-allyuvial, oʻtloq va botqoq tuproqlar tarqalgan. Tuproqlari turli darajada shoʻrlangan, ularning melioratsiya holatini doimo yaxshilab turishni talab etadi. Oʻsimliklardan oqsaksovul, juzgʻun, quyonsuyak, cherkez, iloq, shu-voq, shoʻra, boyalich, turangʻil, tol, chingil, yantoq, yulgʻun va b. oʻsadi.

Qorakoʻl vohasining katta qismi ekinzorlarga aylantirilgan. Hayvonot dunyosi choʻlga xos: kalamush, qoʻshoyoq, ilon, kalta-kesak, tulki, boʻri, toʻqay mushugi, chiyaboʻri va b. yashaydi. Vohaning asosiy suv manbalari Zarafshon va Amudaryo. Vohada AmuBuxoro mashina kanalidan uz. 40 km li Amu-Qorakoʻl kanali chiqarilgan.

Murod Mamatqulov.