QORAKOʻL

QORAKOʻL — Pomirning shim. qismidagi oqmas koʻl (Tojikiston Respublikasida). Mayd. 380 km2, uz. 33 km. Atrofi baland togʻlar bilan oʻralgan. 3914 m balandlikdagi soylikda joylashgan. Ikki qismdan iborat boʻlib, tor boʻtozlar orqali bogʻlangan. Chuqurligi gʻarbiy qismida 236 m, sharqida 22,5 m. Suvi shoʻrroq, tiniq. Noyabr oxiridan aprelgacha muzlab yotadi. Suvning t-rasi yozda 12°. Eng yirik irmoqlari: Qorajilgʻa, Qoraort va Muzkoʻl.