QORAKOʻL

QORAKOʻL — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi shahar (1980-y. dan), tuman markazi. T. y. stansiyasi. Qorakoʻldan viloyat markazi (Buxoro sh.)gacha 61 km. Aholisi 20,9 ming kishi (2005). Qorakoʻlda paxta tozalash, gʻisht z-dlari, MTP, don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, neft bazasi bor. Kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, shuningdek, «Qorakoʻlteks» qoʻshma korxonasi ishlab turibdi.

Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, gimnaziya, litsey, 2 kasbhunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va isti-rohat bogʻi, Xotira yodgorligi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, ambulatoriya, dorixonalar, aholiga xizmat koʻrsatadi. Shahar yonidan xalqaro yoʻnalishlarda t. y. oʻtgan. Tuman markazi bilan qishloqlar oʻrtasida va Qorakoʻl — Buxoro ora-ligʻida avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.