QORAKUYA

QORAKUYA — zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalligi. Asosan, boshokli ekinlar kasallanib, q. x. ga katta zarar yetkazadi. Zararlangan boshoq, roʻvak, soʻta, poya, barg va ildiz boʻyinlari qora sporali massaga aylanadi. Quyidagi turlari koʻp uchraydi va ayniqsa, zararli: bugʻdoy va jav-darning qattiq (badboʻy) Qorakuyasi oʻsimlik tugunchasini yemiradi va «qorakuya xaltachalari» yoki alohida spora holida urugʻlarda saklanadi. Zararlangan dondan nam havoda badboʻy hid keladi; arpa va sulining qattiq (tosh) Q. si sporalari tugunchani zararlaydi, lekin roʻvak va boshoqlar zararlanmaydi, sporaning qattiq qora massasi boshoq qobigʻini teshib oʻtadi; bugʻdoy, arpa, suli, va makkajoʻxorining chang Q. si boshoq, roʻvak, soʻtalarni zararlaydi; javdar va bugʻdoyning poya Q. si poya (hamma qismlari va barglari) ni zararlaydi; makkajoʻxorining pufakchali holdagi Qorakuyasi oʻsimlikning turli qismida qobiqli va spora bilan toʻlgan gʻudsalar hosil qiladi. Qorakuya zamburugʻlari sholi, qoʻnoq, oq joʻxori, chumiza kabi donli ekinlarda ham parazitlik qiladi. Kasallik natijasida gʻshsha ekinlari hosildorligi 20 — 30% kamayib ketadi.

Kurash choralari: kasallikka chidamli navlar ekish; yuqori agrotexnika, almashlab ekish. urugʻlarni tozalash va dorilash; urugʻlikni oftobga yoyish va b.