QORAYEV

QORAYEV Qora Abulfaz oʻtli (1918.5.2 — Boku — 1982) — ozarbayjon kompozitori va jamoat arbobi, Xalq artisti (1959), Ozarbayjon FA akad. (1959), Mehnat Qahramoni (1978). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1946). Yetuk asarlari bilan 20-a. ozarbayjon kompozitorlik ijodiyoti anʼanalarini rivojlantirdi, eng zamonaviy ifoda vositalari yordamida oʻziga xos musiqiy uslub yaratgan. Ozarbayjon konservatoriyasida pedagog (1946-y. dan), rektor (1949—53), prof. (1959), Ozarbayjon kompozitorlari uyushmasi raisi (1953-y. dan). «Yetti goʻzal» (1952), «Momaqaldiroq soʻqmoqlaridan» (1958), «Layli va Majnun» (1972) baletlari, «Gaskoniyalik qiziqqon kishi» myuzikli (1967) Qorayev ijodining yutugʻidir. «Vatan» (J. Hojiyev b-n, 1945), «Nafosat» (1972) operalari, 3 simfonik (3si, 1965), syuitalar, «Albancha rapsodiya». «Layli va Majnun» simfonik poemasi (1948). «Don Kixot» simfonik gravyuralari, 2 kantata, skripka konserti, 2 torli kvar-tet, fortepiano uchun 24 prelyudiya, spektakl (jumladan, «Antoniy va Qte-opatra», Oxundov nomidagi Ozarbayjon Davlat mukofoti, 1965), kinofilmlarga musiqa va b. muallifi. Davlat mukofoti (1946, 1948) laureati. Ijodida turli xalklar musiqa folkloridan unumli foydalangan.