QORAGIYO

QORAGIYO, Botir — Qozogʻistondagi eng chuqur botiq. Mangʻishloq viloyatida joylashgan. Okean sathidan 132 m past. Mangʻishloq platosida. Kaspiy dengizining sharqiy sohilida. Uz. 85 km, eni 10—25 km. Tubi shoʻrxok.