QORABOʻRONKOʻL

QORABOʻRONKOʻL, Qoraqoʻshin (xitoycha Taytemaxu) — Xitoydagi koʻl, Tarim tekisligining sharqiy qismida. Mayd. 88 km2 (atrofidagi suv bosadigan botqoqliklar bilan birga 250 g). Chuq. 1—2 m, eng chuqur joyi 10 m. Atrofi shoʻrxok va qamishzorlardan iborat. Qoraboʻronkoʻlga Cherchen daryosi, suvi koʻpaygan yillarda Tarim daryosi quyiladi. Koʻlning shim. qismida suvi chuchuk, jan. da shoʻr.