QORABURA

QORABURA — mustye davri (mil. av. 150—40 ming yilliklar)ga oid makon. Tojikiston Respublikasining Qoʻrgʻontepa sh. dan 37 km jan.-gʻarbda, Vaxsh daryosining chap sohilidan topib tekshirilgan. Qoraburaning 2,5 km lik masofadagi hududida joylashgan 9 ta joydan 8 mingtaga yaqin tosh qurollar topilgan. Qorabura qurollarining aksariyati tufli shaklidagi nukleus (bir tomoni gardishsimon va doirasimon) lardan iborat. Ayniqsa, daryoning silliq qayroq toshlaridan yoʻnib ishlangan dagʻal tosh oʻygich, oʻrgich va kovlagich kabi qurollar koʻp uchraydi. Ishlanish uslubiga koʻra, Qorabura topilmalari Pokiston va Shim.-Gʻarbiy Hindistondan topilgan tosh qurollarga oʻxshab ketadi. Arxeologiya fanida bu shakldagi topilmalar «Qayroqtosh madaniyati» nomi bilan atalgan.