QORABOLTA

QORABOLTA — Qirgʻiziston Respublikasi Chu viloyatidagi shahar. Taroz — Baliqchi shoh yoʻli yoqasida. Qorabolta daryosi boʻyida (Chu havzasi). Qirgʻiz tizmasining shim. yon bagʻrida joylashgan. Bishkekdan 60 km gʻarbdagi t. y. stansiyasi. Aholisi 47,2 ming kishi (1999). Konserva, shakarqand z-dlari, un, non k-tlari, shahar yonida efir moylari z-di bor.