QORABOYEVA Sofya Dusgaliyevna

QORABOYEVA Sofya Dusgaliyevna (1914.12.1, Toʻrtkoʻl — 1978.28.4, Nukus) — qoraqalpoq aktrisasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Moskva teatr sanʼati in-tining qoraqalpoq studiyasida taʼlim olgan (1934—35). 1939-y. dan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat teatrida ishlagan. Milliylikka intilish, qahramonlari va hayotbaxsh his b-n sugʻorish Q. ijodiga xos. Vassa (M. Gorkiy, «Vassa Jeleznova»), Maysara (Hamza, «Maysaraning ishi»), Marfa Petrovna (K. Simonov, «Rus kishilari»), ona (E. Rannet, «Daydi oʻgʻil»), Biybinur (N. Dovqorayev, V. Shafrannikov, «Alpomish»), Oymereke (J. Oymurzayev, O. Xalimov, «Oygul va Obot»), Oqsuluv (A. Shomurotov va I. Yusupov, «Qirq qiz»), Oybike (S. Xoʻjaniyozov, «Taluas»), Toʻlgʻanoy (Ch. Aytmatov, «Momo yer») kabi turli xarakterdagi rollar talqini bilan tanilgan.