QORABOYEV

QORABOYEV Elboy (1917.15.5, Samarqand viloyati Ishtixon tumani Bahrin qishlogʻi — 1989.23.8) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1941-y. dan armiyada. 722-oʻqchi polki (Voronej fronti 47-armiyaning 206-oʻqchi diviziyasi) avtomatchilar rotasi boʻlinma komandiri. Qoraboyev 1943-y. 25 sent. da Cherkassi viloyatining Kanayev tumanidagi Pekari qishlogʻi yaqinida birinchilardan boʻlib Dnepr daryosini kechib oʻtishda va 7 noyab. da Studenes qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944.3.6). Urushdan keyin tutilgan qishlogʻida yashagan va ishlagan. Qishlogʻida byusti oʻrnatilgan, oʻrta maktab va shirkat xoʻjaligiga nomi berilgan.