QORABOYEV

QORABOYEV Yoqubjon Ismoil oʻgʻli (1934.15.6 – Toshkent – 1993.5.2) – chinnisoz rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1976). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1958); naqqoshlik sanʼagini usta Yo. Raufov, J. Hakimov, T. Toʻxtaxoʻjayevlaraan oʻrgangan; Sitorai Mohi Xosa yodgorligini taʼmirlashda qatnashgan, 6—10 qirrali kur-silarni milliy naqshlar bilan bezagan. 1960-y. dan Toshkent chinni z-dida rassom. Q. samarali ijodiy mehnat qilib, chinnilar uchun 200 dan ortiq yangi bezak mujassamotlarini yaratdi; shulardan 40 dan ortigʻi i. ch. ga joriy etilgan. «Milliy naqsh» (1970), «Bodomgul» (1972), «Islimiy paxta» (1976), «Tinchlik» (1978, 1982), «Olimpiada — 80», «Charos» (1983), «Samarqand majmuasi» (1984) va b. lagan, kosa, choynak, tarelka va 6 piyoladan iborat sharqona choy va qahva toʻplamlari va b., yubileylar munosabati bilan tayyorlangan koʻzalar, sovgʻa buyumlar shular jumlasidan. Qoraboyev. shuningdek, 30, 40 dona buyumdan iborat choy va oshxona chinni toʻplamlari («Oq oltin», «Toshkent chinnisi» va b.)ga ham bezak mujassamotlari ishlagan. Qoraboyev 1966-y. da yaratgan «Paxta gul» («Oq oltin») mujassamoti chinnisozlikning milliy mumtoz naqshiga aylandi; 1976-y. Germaniya (Leypsig)dagi Xalqaro yarmarkaning va b. xalqaro yarmarka (koʻrgazma)larning Oltin medallari bilan mukofotlangan. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Kanada, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Iroq, Eron, Turkiya va b.)ning muzey va toʻplamlarida saqlanadi.