QORABOYEV

QORABOYEV Abdumoʻmin (1947.1.12, Xovos tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2004). Toshkent ped. institutini tugatgan (1969). 1969-y. dan Boyovut tumanidagi 40-maktabda mat. va chizmachilik fani oʻqituvchisi, 1978-y. dan Xovos tumanidagi 25-, 1998-y. dan Yangiobod tumanidagi 2-maktabda mat. va informatika oʻqituvchisi.