QORABOV

QORABOV — Toshkent viloyatidagi soy. Qizilnura togʻlarining jan.sharqiy yon bagʻirlaridan boshlanib, jan. ga oqadi. Angren sh. yaqinida Ohangaron daryosiga oʻng tomondan quyiladi. Uz. 37 km, havzasi mayd. 184 km2. asosan, buloq suvlaridan toʻyinadi, shu bois, soyda yil davomida suv oqadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi (Samarchuk qishlogʻi yonida) 3,2 m3/sek. Qorabovda baʼzan sel toshqinlari kuzatiladi. q. suvining oʻrtacha loyqaligi 81 g/m3. Eng katta suv sarfi 1959-y. 8 apr. da 114 mʻ/sek. ga yetgan. Qorabov suvining 70 — 75% mart — iyun oylarida oqib oʻtadi. Soy suvi sugʻorishga sarflanadi.