QORA OʻRA

«QORA OʻRA» — favitatsiya (tortishish) kuchi taʼsirida jismning oʻz markazi tomon juda katta tezlikda siqilib borishi (gravitatsion kollaps jarayoni) natijasida vujudga keladigan koinotdagi obyekt. Kuchli tashqi gra-vitatsion maydonga ega. A. Eynshteyn nazariyasi boʻyicha «Qora oʻra»ning yaqin atrofidagi jismlar doimo yopiq boʻlmagan egri chiziqli orbita boʻylab, I. Nyuton mexanikasiga muvofiq, uzokdagi jismlar esa konus kesimlarining biri boʻylab harakat qiladi. «Qora oʻra», asosan, katta massali yulduzlar evolyutsiyasining eng oxirgi bos-qichida vujudga keladi va uning mavjudligi bevosita kuzatilmaydi. Biroq «Qora oʻra» lar zich qoʻshaloq yulduzlarning koʻrinmas komponentlari ham boʻlishi mumkin. U holda ikkinchi yulduzdan «Qora oʻra»ga relyativistik (yorugʻlik teeti-giga yaqin) tezlikda tinimsiz oʻtayotgan gaz oqimi oʻzidan rentgen nurlarini tarqatadi. Qoʻshaloq yulduz hisoblangan Oq Qush X—I obyekti shunday «Qora oʻra»lardan biridir.