QORA TOSH

QORA TOSH (arab. hajar al-asvad) — musulmonlar ziyorat qiladigan tosh. Kumush chambar bilan birlashtirilgan bir necha boʻlakdan iborat. U Kaʼba devorlaridan biriga tashqaridan joylashtirilgan. Makkagahajga borgan musulmonlar uni tabarruk hisoblab oʻpadilar yoki qoʻl tekkizib ziyorat qiladilar. Qora tosh Allohning amri bilan jannatdan keltirilgan degan rivoyat bor (yana q. Kaʼba).