QOR ECHKISI

QOR ECHKISI — quvushshoxlilar oilasiga mansub sut emizuvchi. Urugʻning yagona turi. Tanasining uz. 150—175 sm, yagʻrinidan boʻyi 90—105 sm. Urgʻochi va erkagining shoxi bir xil uzunlikda (30 sm gacha). Yungi qalin, uzun va oq; yung ostida mayin tivit yunglar ham boʻladi. Ame-rika qitʼasining shim. qismidagi qoyali togʻlarda (AQSHning Shim. shtatlarigacha) tarqalgan. Yakka yoki kichik guruh boʻlib yashaydi. Oʻtlar, butalar va daraxtlar novdasi bilan oziqlanadi. Yiliga 1 ta (baʼzan 2 ta ) bola tugʻadi. Soni juda kamayib ketgan.