QOPCHIGʻAY

QOPCHIGʻAY — Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar. Ili daryosi yaqinida, Qopchigʻay suv ombori sohilida joylashgan. Olmaotadan 80 km shim. da. Shahar Qopchigʻay GES qurilishi munosabati bilan bunyod etilgan. Aholisi 31,4 ming kishi (2002). Baliqni qayta ishlash k-ti, kema taʼmirlash ustaxonalari bor.